Скачать песню Ulug’bek Shomurodov - Sevarkansanda mp3 в качестве 320 Kbps и слушать онлайн бесплатно

Текст песни

Ko'zimdan yoshim tindirmading yor
Xasta yuragimni kuldirmading yor
Menga sevishingni bildirmading yor
Meni hali hamon sevarkansanda

Sevgingni berkitib nigohlaringa
Jimgina ko'nibman firoqlaringa
Men telba tushibman tuzoqlaringa
Meni hali hamon sevarkansanda

Qara gulxanlarda yonib ketyapman
Xatto o'z o'zimdan tonib ketyapman
Shu so'zni takrorlab qolib ketyapman
Meni hali hamon sevarkansanda

Qaytmaydi ortiga endi bahorlar
Qaytmaydi endi hech o'sha iforlar
Armonga aylandi sevgi izhorlar
Meni hali hamon sevarkansanda